Xorazm viloyati, Shovot tumani Asavey mahallasi Mamnun ko'chasi 72-uy

  • Imtihon materiallari
  • 11-03-2024, 16:05

Adabiyot fanidan testlari

Adabiyot fanidan  testlari


1. Yassaviy haqida ikki kitobdan iborat roman yozgan adibni aniqlang. 
A) Abdulla Qodiriy 
B) B.Boyqobilov 
C) Sa’dulla Sayoyev 
D) Mirkarim Osim
2. Hikmatlarning barchasiga xos xususiyat nimada?
A) hikmatlarning taxallussiz yozilishi 
B) hikmatlarning taxallusli yozilishi 
C) hikmatlarning muallifsiz bo‘lishi 
D) A va B
3. Navoiy she’riy me’rosining kulliyoti hisoblangan devonni ko‘rsating.
A) “Navodir un-nihoya” 
B) “Badoyi ul-bidoya” 
C) “Xazoyin ul-maoniy” 
D) “Majolis un-nafois”
4. Navoiy o’zining “Majolis  un-nafois” asarida necha ijodkor haqida ma’lumot bergan?
A) 460 ta                                       
B) 458 ta      
C) 459 ta                                        
D) 600 ta
5. Xuroson shahanshohi Sulton Husaynga g‘azallari va dostonlari bilan manzur bo‘lgan buyuk shoir qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?
A) Alisher Navoiy 
B) Bobur 
C) Atoyi 
D) Lutfiy
6. Kimki bir ko‘ngli buzuqning xotirin shod aylagay,
    Oncha borkim Ka’ba vayron bo‘lsa obod aylagayUshbu baytda qaysi she’riy san’atning chiroyli na’munasi keltirilgan?
A) talmeh 
B) tashxis 
C) tazod 
D) tarji’band
7. Navoiyning “Xazoyin ul-maoniy” to‘plamida qancha ruboiy jamlangan?
A) 256 ta 
B) 136 ta 
C) 138 ta 
D) 133 ta
8. Navoiyning “Mendek” radifli ruboiysi qanday xarakterga ega?
A) jangnoma 
B) hasbi hol 
C) ruhiy 
D) didaktik 
9. Sharq mumtoz adabiyotida mashhur bo‘lgan Shayx San’on (ibn Saqqo) haqidagi hikoyat Navoiy dostonlarining qaysi biriga keltirilgan?
A) “Farhod va Shirin 
B) “Mahbub ul-qulub” 
C) “Hayrat ul-abror” 
D) “Lison ut-tayr”
10. Navoiy kimlarning muhabbati tufayli o‘z muhabbatini ham hikoya qilib, doston bitajagini yozgan edi?
A) Layli va Majnun 
B) Farhod va Shirin 
C) Bahrom va Dilorom 
D) Shayx San’on va tarso qiz
11. Mumtoz she’riyatimizdagi qaysi she’riy janr arabcha “yolg‘iz, yagona” ma’nosini anglatadi?
A) fard 
B) qit’a 
C) musallas 
D) masnaviy
12.Ey Navoiy, bor anga mundoq uqubatlarki bir,
     Hajridin dardi va lekin voshdin darmoni yo‘q. Baytda qo‘llanilgan badiiy san’atni aniqlang.
A) tazod 
B) tashbeh 
C) ta’kid 
D) talmeh
13. Har bir insonning asl hamdami qaysi qatorda berilgan?
A) borliq 
B) burch 
C) ko‘ngil 
D) vijdon
14. Alisher Navoiy «Yordin ayru ko‘ngil mulkedurur, sultoni yo‘q» misrasi bilan boshlanuvchi g‘azalida yoridan ayrilgan ko‘ngilni birinchi baytda hokimi yo‘q mamlakatga, ikkinchi baytda jonsiz jismni gulu rayhoni yo‘q-qaro tuproqqa o‘xshatadi. Uchinchi baytda yorsiz ko‘ngil nimaga o‘xshatiladi?
A) yonida jannati yo‘q do‘zaxga 
B) oysiz qorong‘u kechaga 
C) quyoshi yo‘q kunduzga 
D) xumori yo‘q mastga
15. Qaysi Ozarbayjon shoiri Navoiyning badiiy mahorati xususida go‘zal ta’rif keltirgan?
A) Shavqiy 
B) Marsiy 
C) Fuzuliy 
D) Ogahiy
16. Boburning bizgacha yetib kelmagan asarlari qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan? 
A) “Chorgoh”, “Mubayyin ul-zakot” 
B) “Chorgoh”, “Harb ishi” 
C) “Harb ishi”, “Musiqa ilmi” 
D) “Chorgoh”, “Volidiya” 
17. Boburning tarjima asari qaysi qatorda berilgan? 
A) “Zafarnoma” 
B) “Volidiya” 
C) “Tuhfat ul-afkor” 
D) “Fihi ma fihi” 
18. “Aksar yalangoyoq yurar edim, yalangoyoq ko‘p yurganimdin oyoqlarim andoq bo‘lib edikim, tog‘ va tosh tafovut qilmas erdi”. Ushbu tarjimai hol muallifini aniqlang. 
A) Ahmad Tanbal 
B) Bobur 
C) Yalangto‘shbiy 
D) Shayboniyxon
19. Boburning soliq ishlariga bag‘ishlab yozgan asarini aniqlang? 
A) “Vaqfiya” 
B) “Muxtasar” 
C) “Mubayyin al-zakot” 
D) “Harb ishi” 
20. 1526-yilning 12-dekabrda Bobur hayotida qanday voqea sodir bo‘ldi? 
A) onasidan ayrildi 
B) zaharlandi 
C) Hindistonni qo‘lga kiritdi 
D) Samarqandni qo‘lga kiritdi 
21. Xo‘ja Ahror Valiyning Bobur tomonidan she’riy yo’lda tarjima qilingan asari qanday nomlanadi? 
22. Boburning nechta devoni bor? 
23. Boburning bizgacha yetib kelgan she’rlarining soni qancha?  
24. “Boburnoma”da necha yillik voqealar aks etgan?
25. Аrjumand so’zining ma’nosini toping. 

Manzil

  • Xorazm viloyati, Shovot tumani Asavey mahallasi Mamnun ko'chasi 72-uy
  • +998 (55) 601-64-41
  • info@shovot41-m.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Май 2025    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Yil dasturi

Maktab manzili