Xorazm viloyati, Shovot tumani Asavey mahallasi Mamnun ko'chasi 72-uy

Ommalashtirishning yangi tartibi haqida asosiy ma’lumotlar

Yangi tartib bo’yicha, metodik ishlar uchun ovoz yig’ish amaliyoti bekor qilindi. Uning o’rniga ommalashtirish.uz platformasiga yuborilgan ishlar Respublika taʼlim markazi va Pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazlaridagi Metodik xizmat koʻrsatish boʻlimining tegishli fanlar bo‘yicha Oʻquv metodik kengashi tomonidan oʻrganib chiqiladi. 

✅ Tavsiya etilgan ilgʻor ish tajribalar metodik qoʻllanma yoki metodik tavsiya ko‘rinishda boʻlishi lozim.

❗️Oʻtgan yillar davomida ommalashtirilgan metodik ishlar oʻrganilmaydi.

Metodik ishlar 2024-yilning 1-mart sanasigacha maktab pedagogik kengashida tasdiqlanishi kerak. (https://t.me/uztdi/8111)

📤 Quyidagi hujjatlar ommalashtirish.uz platformasiga jaylashtiriladi:

– metodik ishiga ijobiy xulosa to‘g‘risida Pedagogik kengash qarorining elektron (pdf) nusxasi;
– ommalashtirish uchun tavsiya etiladigan metodik ish (metodik qoʻllanma yoki metodik tavsiya)ning elektron (pdf) nusxasi;
– oʻzi toʻgʻrisida maʼlumotnoma (obyektivka) va mutaxassisligi boʻyicha diplom nusxasi.

Metodik ishlar quyidagi bosqichlarda ommalashtiriladi: maktab, tuman (shahar), viloyat miqyosida hamda respublika miqyosida.

Tuman (shahar), viloyat (Toshkent shahar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi) miqyosida ommalashtirish toʻgʻrisida Metodik xizmat koʻrsatish boʻlimining oʻquv metodik kengashi qarori har yili 15-mayga qadar ommalashtirish.uz platformasiga joylashtirilishi lozim.

➖50-65 ball bilan baholangan metodik ishlar tuman (shahar) miqyosida, 

➖66-80 ball bilan viloyat miqyosida ommalashtirilgan deb hisoblanadi va sertifikat olish uchun ommalashtirish.uz platformasi orqali Respublika taʼlim markaziga yuboriladi.

➖75-80 ball bilan baholangan metodik ish respublika miqyosida ommalashtirish uchun tavsiya etiladi.

Maktab miqyosida ommalashtirilgan metodik ish uchun sertifikat berilmaydi va maktab miqyosida ommalashtirilganligi toʻgʻrisida Pedagogik kengash qarori asos hisoblanib, uch yilga amal qiladi.

Tuman, viloyat va respublika miqyosida ommalashtirilganligi toʻgʻrisidagi sertifikat berilgan kundan boshlab uch yil amal qiladi.

Manzil

  • Xorazm viloyati, Shovot tumani Asavey mahallasi Mamnun ko'chasi 72-uy
  • +998 (55) 601-64-41
  • info@shovot41-m.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Август 2025    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yil dasturi

Maktab manzili