Xorazm viloyati, Shovot tumani Asavey mahallasi Mamnun ko'chasi 72-uy

“BIBTEXNIKA” KARVONI XORAZM VILOYATIGA YETIB KELDI

 “BIBTEXNIKA” KARVONI XORAZM VILOYATIGA YETIB KELDI

Özbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining 2023-yil 19-sentabrdagi 329-sonli buyruğining 2 -ilovasiga muvofiq BIBTEXNIKA vositalari joriy yilning 17-yanvar kuni Xorazm viloyatiga yetib keldi. 

Mazkur buyruqqa asosan viloyatdagi barcha  umumta’lim maktab kutubxonalari  faoliyatini yanada takomillashtirish  va kutubxonalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash ko‘zda tutilgan  "Bibtexnika" anjomlari Xorazm viloyatidagi 558 ta  umumta’lim maktablari, ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tasarrufidagi ilm dargohlari hamda Xorazm viloyat bolalar kutubxonasiga ham yetkazildi.

"Bibtexnika" jamlanmasida quyidagilar mavjud:

➖ jamlama kitobi, 

➖inventar kitobi, 

➖kundalik daftari, 

➖kitobxon formulyari,

➖"cho‘ntakcha", 

➖alifboli kartochka, 

➖qaytaruv varaqasi, 

➖to‘plam g‘ilofi.

Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati 

Manzil

  • Xorazm viloyati, Shovot tumani Asavey mahallasi Mamnun ko'chasi 72-uy
  • +998 (55) 601-64-41
  • info@shovot41-m.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Июль 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031 

Yil dasturi

Maktab manzili