24-yanvar — Xalqaro taʼlim kuni
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi taʼlimning tinchlik va taraqqiyot yoʻlidagi ahamiyatini eʼtirof etgan holda 2018-yil 3-dekabrdagi rezolyutsiyasi bilan 24-yanvarni “Xalqaro taʼlim kuni” deb eʼlon qilgan edi. Bu yil dunyo jamoatchiligi “Xalqaro taʼlim kuni”ni oltinchi bor nishonlamoqda.
Mazkur sananing ahamiyati juda cheksiz. Uning nishonlanishi nafaqat insoniyatning ilm-maʼrifatga tashnaligini eʼtirof etish, balki dunyo davlatlari, hukumat va jamiyatlari eʼtiborini taʼlim sohasidagi mavjud muammolarga, shu jumladan, savodsizlikni bartaraf etish, turli mintaqalarda yaxlit taʼlim, dasturlari ishlab chiqish va amalga oshirish, axborot texnologiyalaridan faol foydalanish kabi masalalarga qaratishni maqsad qilgan.
Ushbu kunda yoshlarimizga IT ta’limdagi imkoniyatlari haqida ma’lumot taqdim etib, ulardan unumli foydalanishga chaqiramiz.
Batafsil: 👉 https://digital.uz/news/view/5124/