Xorazm viloyati, Shovot tumani Asavey mahallasi Mamnun ko'chasi 72-uy

️ Pedagoglar attestatsiyadan o‘tish va malaka toifasini olish uchun onlayn ariza topshirishlari mumkin

👩🏻🏫 Maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus ta’lim hamda maktabdan tashqari ta’lim sohasidagi pedagog kadrlar attestatsiyadan o‘tish va malaka toifasi (lavozim) olish bo‘yicha hujjatlarni my.gov.uz orqali topshirishlari lozim. (https://my.gov.uz/uz/service/540)

Chunki, ularga qog‘oz shaklidagi attestatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risidagi sertifikat berish amaliyoti bekor qilinib, o‘rniga elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va QR-kod qo‘yilgan elektron shakldagi sertifikat berish tartibi joriy etilgan.

📝 Ariza topshirish: har yili yanvar-fevral, avgust-sentyabr oylarida amalga oshiriladi.

 Muhimi, pedagog kadrlarni navbatdagi majburiy attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun yig‘im undirilmaydi. 

💰 Navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tkazilganda esa davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida to‘lov to‘lanadi. My.gov.uz orqali murojaat qilinganda, 10 foiz chegirma beriladi.

Manzil

  • Xorazm viloyati, Shovot tumani Asavey mahallasi Mamnun ko'chasi 72-uy
  • +998 (55) 601-64-41
  • info@shovot41-m.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Май 2025    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Yil dasturi

Maktab manzili