Xorazm viloyati, Shovot tumani Asavey mahallasi Mamnun ko'chasi 72-uy


Maktablarda qishki ta'tilni qay tartibda o'tkazish bo'yicha ko'rsatma berildi

 

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi qishki ta'til mobaynida ta'lim muassasalarida qanday ishlar olib borilishi bo'yicha ko'rsatma berdi.

 

❗️Ko'rsatmaga muvofiq 2024-yil 3-yanvardan boshlab:

 

➖ Umumta'lim maktablarida o‘quvchilarning xohishlariga asosan fan va sport to‘garaklari faoliyatini tashkil etish;

 

➖ Qishki ta’til rejasiga asosan ota-onalarni jalb qilgan holda o‘quvchilarni, ayniqsa kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlarini, xavfsizligini ta'minlagan holda teatr, muzey va tarixiy obidalarga sayohatlarini tashkil etish;

 

➖ “Eng yaxshi kitobxon maktab”, “Kitob bilan bir kun”, “Zukko kitobxon” tanlovlari, “Quvnoq startlar”, “Umid nihollari”, “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalarining maktab bosqichini o'tkazish;

 

➖ “Zakovat”, “Rokirovka” intellektual o‘yinlarini tashkil etish;

 

➖ “Barkamol avlod” bolalar maktablari va “Bolalar kutubxona”larini to‘liq faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash;

 

➖ O‘quvchilar qiziqishlariga qarab “Barkamol avlod” bolalar maktablarida bepul to‘garaklar faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

 

Asos: Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 28-dekabrdagi 06-04/3-3609-sonli ko'rsatma xati. (https://t.me/talimiy_hujjatlar/912)

 

Manzil

  • Xorazm viloyati, Shovot tumani Asavey mahallasi Mamnun ko'chasi 72-uy
  • +998 (55) 601-64-41
  • info@shovot41-m.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Май 2025    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Yil dasturi

Maktab manzili